Samsung MG23F301TQW Manuel d'utilisateur Page 143

  • Télécharger
  • Ajouter à mon manuel
  • Imprimer
  • Page
    / 176
  • Table des matières
  • MARQUE LIVRES
  • Noté. / 5. Basé sur avis des utilisateurs
Vue de la page 142
11
O'ZBEK
(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki panjara.
Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilinganidek, undan foydalanish uchun
mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi
xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha
holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat
ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli
va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun
mikroto'lqinli pechning xususiyatlari bu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz
farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar
sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
Bu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma faqat uy sharoitida
foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan hech qanday matolar va
paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar
uchun javo/jointfilesconvert/573878/bgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa
qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib
kelishi mumkin.
USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH
(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat
muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib
bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof –
muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish
uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling
va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta
foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni
qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu
mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va
xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik
kerak.
QISQACHA YO'RIQNOMA
Taom tayyorlash.
1. Taomni pechga joylashtiring.
Quvvat darajasini tanlash uchun СВЧ (Mikroto‘lqin) (
)
tugmasini bir yoki birnecha marta bosing.
2. Doiraviy shkalani keraklicha burab, tayyorlash vaqtini tanlang.
3. СТАРТ/+30СЕК (
)
tugmasini bosing.
Natija : Tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash jarayoni
yakunlanishi bilan pech 4marta tovushli signal
beradi.
Taomni avtomatik tez muzdan tushirish.
1. Muzlatilgan taomni pechga joylashtiring.
Ускоренная разморозка (Tez muzdan tushirish) ( )
tugmasini bir yoki bir necha marta bosgan holda tayyorlanayotgan
taom turini tanlang.
2. Doiraviy shkalani buragan holda taom og‘irligini tanlang.
3. СТАРТ/+30СЕК (
) tugmasini bosing.
Qo'shimcha 30 soniyani qo'shish.
Taomni pechda qoldiring.
30 soniya oraliq bilan vaqt qo'shish uchun +30сек (+30s) tugmasini bir
yoki bir necha marta bosing.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd 11 2/3/2015 7:10:56 PM
Vue de la page 142
1 2 ... 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 ... 175 176

Commentaires sur ces manuels

Pas de commentaire